Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi federal ta’lim va ilmiy taşkilotlarga xat yuborib, ayrim xorijiy davlatlardagi tadbirlarni “siyosiylaşuv ehtimoli nuqtai nazaridan sinçiklab baholaş”ni talab qilgan. Bu haqda duşanba, 2 fevral kuni “Vedomosti” gazetasi ikki yirik federal OTMdagi manbalarga tayanib xabar qildi.

Naşr suhbatdoşlaridan birining aytişiça, xat tarqatilişidan oldin ham federal OTMdan birida bir neça olimning bahorga rejalaştirilgan xorijiy safarlari töxtatib qöyilgan. Uning sözlariga köra, ğarb davlatlariga xizmat safariga çiqmoqçi bölgan boşqa bir qator olimlar ham “siyosiy bahonalar” bilan uşlab qolinişidan xavotirda — garçi ular RFning Ukrainaga qarşi tölaqonli uruşi böyiça öz pozitsiyasini oçiq bildirmagan bölsa ham.

“Vedomosti”ning yana bir manbasi bildirişiça, sönggi ikki yilda MGU va VŞEda olimlarning “odatiy” çet el xizmat safari yönalişlari faol ravişda Turkiya va Saudiya Arabistoniga almaştirila boşlangan. Şuningdek, Eronga xizmat safari soni ham sezilarli oşgan — garçi köpçilik ilmiy xodimlar uçun bu mamlakat “umuman ixtisoslik böyiça töğri kelmasa” ham.

Manba qöşimça qilişiça, xizmat safariga yuborilayotganlar orasida ilmiy rahbarlar va boşqa ma’muriy lavozimdagi şaxslar ham bor, ular şaxsan Yevropa ittifoqi va AQŞning individual sanksiyalari ostida bölişi mumkin.

MIFI matbuot xizmati xalqaro ilmiy aloqalar va olimlarning xorijiy xizmat safari qisqarişi “ança oldinroq — sanksiyalar va Rossiyaning bir qator ilmiy hamkorliklardan çiqarib qöyilişi oqibatida” röy berganini aytgan. Bauman nomidagi MGTU esa faqat “döst” davlatlar bilan hamkorlik qilişini bildirgan.

“Vedomosti” manbalariga köra, xorijga çiqiş bilan boğliq vaziyat Polşada rossiyalik arxeolog Aleksandr Butyagin Ukraina sörovi bilan uşlanganidan keyin yanada murakkablaşgan. Gap uning Rossiya Qrimni qöşib olganidan keyin yarimorolda olib borgan qaziş işlari haqida ketmoqda.

Bundan oldin Telegram’dagi T-Invariant kanali ham olimlarni xorijiy safarlarni hokimiyat bilan kelişişga çaqirgan tavsiyalar haqida yozgan va RF fan va oliy ta’lim vaziri örinbosari Konstantin Mogilevskiy imzolagan xat nusxasini e’lon qilgan. Unda ilmiy xodimlar “döst bölmagan” mamlakatlardagi tadbirlarni “sinçiklab baholaş” va “iştirok etiş maqsadga muvofiqligini oldindan işlab çiqiş”ga çaqirilgan, zarur bölsa, vazirlikning xalqaro hamkorlik departamentini xabardor qiliş kerakligi aytilgan.