Jahon | 07:03 / 27.07.2016
3288
1 daqiqa o‘qiladi
Ozarbayjon mudofaa vazirligi harbiy zavoddagi portlashda ikki kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi
Ozarbayjonning Shirvan shahridagi "Araz" qurol-aslaha zavodidagi portlashda ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. "Shirvandagi qurol-aslaha zavodidagi portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi", deb ma'lum qilindi Ozarbayjon mudofaa sanoati vazirligida. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev portlash sabablarini o‘rnatish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun davlat komissiyasi tuzishni buyurdi. Avvalroq zavoddagi portlash oqibatida 20 kishi jabrlangani ma'lum qilingandi.