Jamiyat | 23:55 / 29.07.2016
15092
1 daqiqa o‘qiladi
Erkak qizini Snapchat’dagi "it" ko‘rinishidagi suratlar uchun qafasda ushlab turdi
Rolando Kruz 17 yoshli qizi Monika Kruzning feysbukdagi sahifasida Snapchat ijtimoiy tarmog‘idagi Dog ("It") filtri qo‘llangan ko‘plab suratlarni aniqlagandan keyin, qizini 3 kun davomida qafasda ushlab turgani uchun hibsga olindi. Bu haqda News10Live xabar bermoqda.
Qizni buvisi aniqlagan, u nabirasi qo‘ng‘iroqlarga javob bermay qo‘yganidan xavotirlana boshlagan. Monika o‘zining yotoqxonasida it qafasida aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, ota qizini shunchaki qafasga qamamagan, balki 3 kun davomida uni itlar ovqati bilan boqqan va itlar idishiga suv quyib bergan.