09:15 / 29.07.2016
7854

Odil Ahmedov jamoasi "Krasnodar" Yevropa ligasining 3-saralash bosqichida "Birkirkara"ni mag‘lub etdi 

Odil Ahmedov jamoasi "Krasnodar" Yevropa ligasining 3-saralash bosqichining 1-o‘yinida Maltaning "Birkirkara" klubini 0:3 hisobida mehmonda mag‘lub etdi. 

Gollarni Grankvist, Smolov, Laborde kiritdi. E'tiborlisi, Odil Ahmedov o‘yinning dastlabki daqiqalaridan deyarli oxirigacha maydonda harakat qildi va faqatgina 83-daqiqada almashtirildi. 

Birkirkara (Malta) – Krasnodar (Rossiya) 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1, Grankvist (45); 0:2, Smolov, (75, pen.); 0:3, Laborde (89). 
Chetlatish: Shichluna (87, Birkirkara).

Top