Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning 272 nafar sportchisi Olimpiadaga yo‘l oladi
Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarida 272 nafar rossiyalik sportchi ishtirok etadigan bo‘ldi. Bu haqida RF sport vaziri Vitaliy Mutkoning ma'lumotiga tayanib, RIA “Novosti” ma'lum qildi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ijroqo‘mi Olimpiya o‘yinlardan Rossiyalik sportchilarning hammasini ham chetlatmadi. Ijroqo‘m Riodagi O‘yinlarda aynan kimlar ishtirok etishini belgilash huquqini xalqaro sport federatsiyalariga qoldirdi. Shunisi aniqki, doping bilan qo‘lga tushgan rossiyalik sportchilar 2016 yilgi Olimpiadada ishtirok etishmaydi.
“Bugunga kelib, 272 nafar sportchiga Olimpiya o‘yinlarida qatnashishga izn berildi. Bu boradagi so‘nggi qaror ertaga chiqariladi, bir qator sport turlari bo‘yicha bahsli jarayonlarga nuqta qo‘yiladi. Biz mezonlarning aynan bizning jamoamizga nisbatan joriy qilinganligini ko‘rib turibmiz”, - dedi Mutko Sport vazirligi kollegiyasining majlisida. “Biz turli standartlarning mavjudligiga guvoh bo‘ldik. Mamlakat rahbariyati, biz va federatsiyalar tomonidan hammasi aytib bo‘lindi. Endi diqqatimizni jamlab, ishimizni qilishimiz kerak”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026