Qonun loyihasi 3 iyul kuni Rossiya huquqiy axborot rasmiy portalida e’lon qilindi va hozirda mustaqil korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ham ötmoqda.

Loyihada qayd etilişiça, safarbarlik, harbiy holat yoki uruş davrida şartnoma asosidagilar hamda safarbar etilgan fuqarolarning tibbiy körigini majburiy tarzda ötkaziş amaliyoti bekor qilinişi taklif etilmoqda.

Hujjatga muvofiq, tibbiy körik faqat harbiy xizmatga çeklov qöyuvçi yoki xizmatga yaroqsiz deb topilişi mumkin bölgan jarohat yoki kasallik alomatlari mavjud bölgan taqdirdagina ötkaziladi. Bunday holatlarni aniqlaş tartibini esa Rossiya Mudofaa vazirligining özi belgilaşi rejalaştirilgan.

Harbiy xizmatdan qoçişga huquqiy yordam körsatuvçi «Idite lesom» huquqni himoya qiliş loyihasi uşbu taşabbusni şartnoma asosidagilarni jalb qilişdagi jiddiy muammolarning belgisi sifatida baholadi.

Loyiha rahbari Grigoriy Sverdlinning ta’kidlaşiça, agar qonun qabul qilinsa, tibbiy körik avvalgidek barça uçun avtomatik tarzda emas, balki faqat alohida holatlarda ötkaziladi.

Sönggi oylarda Rossiya hukumati kontrakt xizmatiga köproq odamlarni jalb qiliş maqsadida bir qator çoralarni amalga oşirmoqda. Jumladan, may oyi oxirida prezident Vladimir Putin yangi şartnoma asosidagilarning ayrim qarzlarini hisobdan çiqariş töğrisidagi qonunni imzolagan edi.

Şuningdek, ommaviy axborot vositalarida rossiyaliklarni Ukrainadagi uruşga Belarus va Xitoydagi «maxsus harbiy operatsiya ortidagi iş örinlari» orqali jalb qilişga urinişlar, Penza viloyatida erkaklarni majburan şartnoma imzolaşga undaş holatlari hamda yangi safarbarlik bölişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.