Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya musulmonlari katolik ruhoniysini o‘ldirgan terrorchini dafn etishdan bosh tortishdi
Fransiya shimolida joylashgan Sent-Eten-dyu-Ruvre kantonida musulmon jamoatchiligi katolik ruhoniysini o‘ldirgan 19 yashar Odil Karmishni dafn etishdan bosh tortdi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.
«Islomni bu odam bilan bulg‘amoqchimasmiz. Biz mayitni dafn etish marosimida ishtirok etmaymiz», — dedi mahalliy masjid imomlaridan biri Muhammad Karabila.
U, shu bilan birga, agar marhumning oilasi va shahar meriyasi buni so‘rasa, musulmon jamoatchiligi dafn marosimini o‘tkazishga bir kishi tayinlanishini aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, 26 iyul kuni Fransiya shimolida ikki nafar terrorchi cherkovda bir necha kishini garovga oladi. Terrorchilardan biri Odil Karmish edi. Keyinchalik ular politsiya tomonidan yo‘q qilingan. Jinoyatchilarning o‘zi esa cherkov ruhoniysini o‘ldirishgan.
Mavzuga oid
09:12 / 18.02.2026
Fransiya Grinch tankerini jarima to‘langanidan keyin qo‘yib yubordi
16:03 / 14.02.2026
“Nils” dovuli sabab Yevropa janubida uch kishi halok bo‘ldi
16:12 / 10.02.2026
Mudofaa tizimi, qiruvchilar va raketalar: Kiyev–Parij hamkorligi kuchayadi
19:27 / 09.02.2026