O‘zbekiston | 18:25 / 02.08.2016
4656
1 daqiqa o‘qiladi

Ehtiyojmand oilalarga 25 million so‘mlik tibbiy sertifikatlar topshirildi

Toshkentda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Olmazor tumani kengashi hamkorligida alohida ehtiyojmand oilalardagi ayollar va bolalarni yuqori texnologiyalar vositasida chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha xayriya tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
    
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan xayriya tadbirida O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan ellikdan ortiq oilaga yuqori sifatli tibbiy diagnostika vositalarida ko‘rikdan o‘tishni kafolatlovchi 25 million so‘mlik sertifikatlar topshirildi.

Ishtirokchilar uchun yozilgan dasturxon, san'atkorlar ijrosidagi Vatan, istiqlol va tinchlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.