Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasidagi yo‘lovchi kemalarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Harbiy patrullar 1-avgustdan boshlab Fransiya va Buyuk Britaniya o‘rtasida qatnovchi ayrim yo‘lovchi kemalarida qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ta'minlamoqda.
«Gap 1-avgustdan yo‘lovchi kemalarida joriy qilingan doimiy choralar haqida … sohil qo‘riqlash xizmati patrullari haqida bo‘lib, ular o‘zlari istagan kemani tanlab, terroristik vaziyat yuz bergan vaqtda kemadagi xavfsizlikni doimiy asosda ta'minlashadi», — deya mahalliy nashrlardan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Birinchi patrul Brittany Ferries kompaniyasining Portsmut-Kan yo‘nalishi bo‘yicha suzgan kemasi chegaradan o‘tgach, unga yetib kelgan.
Ushbu choralar, davlat tomonidan qabul qilinib, «dengizda terrorchilik akti tahdidi mavjudligi bois, qo‘shimcha ehtiyot choralari hisoblanadi».
Shu bilan birga, «Britaniya hukumati bilan rasmiy kelishuvga erishilgach, vertolyotlardagi tashuvlarga barham beriladi».
Mavzuga oid
08:48 / 16.05.2026
Britaniya mudofaa budjetiga 20 mlrd yevrodan ortiq mablag‘ ajratmoqchi
18:56 / 13.05.2026
Fransiyada yana bir kruiz kemasi virus tufayli izolyatsiya qilindi
08:30 / 11.05.2026
Hondius laynerida hantavirus tarqalishi: yana bir holat qayd etildi
09:14 / 09.05.2026