Forbes jurnali Rossiyaning 2016 yilda OAVni qo‘llab-quvvatlash uchun qancha pul sarflaganini ma'lum qildi
Forbes nashri Rossiya davlat byudjyetidan OAVni qo‘llab-quvvatlash uchun 2016 yilda deyarli 61 mlrd rubl ajratilganini aniqladi. Nashrning ta'kidlashicha, shu tariqa davlat Rossiya media-bozorining eng yirik homiysi bo‘lmoqda.
Byudjyet mablag‘lari bilan ham davlat ishtirokidagi, ham xususiy OAV ta'minlanmoqda. OAV 60-70 foiz mablag‘ni subsidiyalar ko‘rinishida, qolganini esa axborot materiallarini joylashtirish bo‘yicha tenderlarda yutish orqali yoki grantlar ko‘rinishida oladi.
Byudjyet mablag‘laridan katta qismi VGTRK (Butunrossiya davlat televizion va radio kompaniyasi)ga tegadi. Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, 2016 yilda VGTRK faoliyati va dasturlarni ishlab chiqarishi uchun 21,8 mlrd rubl ajratilgan. Bu borada 2-o‘rinda Russia Today kanali turadi, unga 17,5 mlrd rubl ajratilgan. 3-o‘rinda "Rossiya segodnya" mediaguruhi turadi, unga 6 mlrd rubl ajratilgan.
Rossiya hukumati, shuningdek, TASS axborot agentligi, "Rossiyskaya gazeta" nashri, "Obshchestvennoye rossiyskoye televideniye" telekanali va ko‘pchiligi sezilarli daromad keltirmaydigan boshqa bir qator OAVning faoliyatini moliyalashtiradi.