Jahon | 15:22 / 03.08.2016
4358
1 daqiqa o‘qiladi

Nikaragua prezidenti o‘z rafiqasini mamlakat vitse-prezidentligiga nomzod sifatida e'lon qildi

Nikaragua prezidenti Daniel Ortega o‘z rafiqasi Rosario Muriloni mamlakat vitse-prezidentligiga nomzod sifatida e'lon qildi. Agar siyosatchi uchinchi muddatga qayta saylansa, Murilo xonim bu lavozimni egallaydi.

Hozirda prezidentning rafiqasi hukumat matbuot xizmati rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatadi va Nikaragua siyosatidagi muhim shaxslardan biri hisoblanadi. Orteganing o‘zi jurnalistlar qarshisida kamdan-kam ko‘rinish bergani holda, Murilo xonim televideniyeda tez-tez chiqish qiladi.

70 yoshli Daniel Ortega 1975-1990 yillarda ilk marta mamlakatni boshqargan, keyin esa 2007 yilda ikkinchi muddatga Nikaragua prezidenti etib saylangan.