Londondagi pichoqbozlik qurboniga aylangan ayol AQSh fuqarosi bo‘lgan, qotil esa norvegiyalik
3 avgust kuni kechqurun Londonda 19 yoshli yigit atrofdagilarga pichoq bilan tashlanishi oqibatida halok bo‘lgan ayol AQSh fuqarosi edi. Bu haqda London politsiyasi ma'lum qildi.
Hujum oqibatida jarohatlangan 5 kishi orasida Isroil va Avstraliya fuqarolari bor.
Hujumni uyushtirganlikda gumonlanib qo‘lga olingan 19 yoshli shaxs esa kelib chiqishiga ko‘ra somalilik bo‘lgan Norvegiya fuqarosidir.
Politsiya vakilining aytishicha, u "ruhiy ekstaz" holatida bu jinoyatga qo‘l urgan.
Mahalliy vaqt bilan soat 22:30da Rassel-skverda amalga oshirilgan hujum natijasida pichoq bilan yetkazilgan jarohatdan bir ayol halok bo‘ldi, besh kishi jarohat oldi.
Politsiyaning dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 19 yoshli jinoyatchi ruhan sog‘lom emas. U qo‘lga olingach avvaliga shifoxonaga olib borilgandi. Keyin politsiya mahkamasiga keltirildi.