Londonda hujum uyuştirgan jinoyatçiga şifoxonadan ruxsat tegdi, hozirda u politsiya nazorati ostida. Bu haqida Britaniya poytaxt politsiyasining xabarida ma'lum qilingan.
Mahalliy vaqt bilan soat 22:30da Rassel-skverda amalga oşirilgan hujum natijasida piçoq bilan yetkazilgan jarohatdan bir ayol halok böldi, beş kişi jarohat oldi. Politsiya birinçi navbatda terrorizm versiyasini körib çiqmoqda. Politsiyaning dastlabki ma'lumotlariga köra, 19 yoşli jinoyatçi ruhan soğlom emas. Hujumdan keyin qölga olingan jinoyatçi şifoxonaga yetkazildi.
“Qurollangan ofitserlar qönğiroq qabul qilingandan taxminan 5 daqiqa ötib, voqea sodir bölgan joyga yetib kelgan. Jinoyatçini qölga olişda elektroşoker qöllangan. Şifoxonada kerakli yordam körsatilgan jinoyatçi hozirda Londonning janubidagi politsiya mahkamasi nazorati ostida”, - deyilgan politsiya xabarida.











