O‘zbekiston | 23:34 / 04.08.2016
23251
1 daqiqa o‘qiladi

UMS uyali aloqa operatori O‘zbekistondagi faoliyatini to‘laqonli davom ettirishini ma'lum qildi

Avvalroq Rossiyaning MTS kompaniyasi O‘zbekistonda tashkil qilingan Universal Mobile Systems (UMS) qo‘shma korxonasi sarmoyadorlari tarkibidan chiqishi mumkinligi ma'lum qilingandi. 

Shu munosabat bilan "Universal Mobile Systems" MChJ o‘z saytida odamlarda go‘yoki kompaniyaning o‘zi yopilishi mumkinligi haqida noto‘g‘ri fikr paydo bo‘lmasligi uchun,  rossiyalik sarmoyadorlar kompaniyani tark etgani bilan u o‘z faoliyatini davom ettiraverishini ma'lum qilgan. Xususan, saytdagi xabarda kompaniya uyali aloqa xizmatlari ko‘rsatish litsenziyasiga ko‘ra o‘z faoliyatini 2029 yilgacha amalga oshirishi aytilgan.    

Ta'kidlanishicha, kompaniya mobil operatorning barcha xizmatlarini ko‘rsatish, yangi mijozlarni ulash va amaldagi mijozlarga xizmat ko‘rsatishni hamda o‘zining uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirishni davom ettiraveradi.