Sport | 09:05 / 05.08.2016
3861
1 daqiqa o‘qiladi
«Spartak» muxlislari AYeK jamoasidan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin sharflarni maydonga uloqtirishdi
Moskvaning «Spartak» jamoasi muxlislari Yevoropa Ligasi saralashi doirasida Kiprning AYeK klubidan uchralgan mag‘lubiyatni og‘ir qabul qilishdi.
Moskvada kechgan javob uchrashuvining oxirgi daqiqalarida gol o‘tkazib yuborgan jamoa ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, turnirni tark etdi.
O‘yin yakunlangach tribunalarni tark etayotgan muxlislar qizil-oq rangli sharflarni maydonga tashlab ketishdi.
Bundan tashqari, muxlislar jamoa bosh murabbiyi Dmitriy Alenichevni iste'foga jo‘natish uchun petitsiya tayyorlashmoqda.