15:42 / 05.08.2016
6946

UYeFA Yevropaning eng yaxshi  futbolchisi bo‘lishga nomzodlarni e'lon qildi

Yevropada mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun Beyl, Grizmann va Ronaldu kurash olib boradi. Bugun UYeFA Yevropada o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish mumkin bo‘lgan nomzodlarni e'lon qildi.

So‘rovnoma UYeFAning 55ta a'zosi jurnalistlari o‘rtasida o‘tkazildi. Ular eng yaxshi 5 futbolchini ro‘yxatini taqdim qilishdi. 1-o‘rin egasi 5 ball, 2-o‘rin egasi 4 ball, 3-o‘rin egasi 3 ball, 4-o‘rin egasi 2 ball, 5-o‘rin egasi 1 ball oldi. Natijada eng ko‘p ball yig‘a olgan 3 nafar futbolchi final bosqichiga yo‘l oldi.

Final bosqichiga yo‘l ololmagan futbolchilar ro‘yxati quyidagicha bo‘ldi:

4. Luis Suares ("Barselona") - 29 ochko,
5. Lionel Messi ("Barselona") - 25,
6. Janluijji Buffon ("Yuventus") - 19,
7. Pepe ("Real") - 9,
8. Manuel Noyyer ("Bavariya") - 6,
9. Toni Kroos ("Real") - 5,
10. Tomas Myuller ("Bavariya") - 2.

Top