18:11 / 08.08.2016
4781

Xitoyliklar Xiaomi mahsulotining qalbakilaridan aziyat chekishmoqda

Xitoyda Xiaomi Mi Band 2 fitnes-bilakuzuklari foydalanuvchilari qurilma qo‘llarni kuydirib yuborayotganidan nolishmoqda. Bu haqda GizChina yozmoqda.

Qurilmadan foydalanuvchilardan biri bilagidagi kuygan iz va uning davolanish jarayoni aks etgan suratni Weibo ijtimoiy tarmog‘iga joyladi.
Nashrning ta'kidlashicha, Xitoyda asl mahsulotlarni qalbakilashtirish keng tarqalgan. Ularni aslidan farqlash juda qiyin. Shu sabab ko‘plab odamlar buning jabrdiydasiga aylanib qolishmoqda.

Top