Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 10:38 / 08.08.2016
6474
1 daqiqa o‘qiladi
Rio-de-Janeyroda Portugaliya ta'lim vazirini tunab ketishdi
Rio-de-Janeyroda Portugaliya ta'lim vaziri Tiagu Brandao Rodriges Olimpiada o‘yinlari doirasida o‘tayotgan velopoyga musobaqasini ko‘rib, mehmonxonaga qaytayotgan bir paytda o‘g‘rilar tomonidan tunab ketildi.
O‘g‘ri qo‘lidagi pichoq bilan Rodrigesga po‘pisa qilgan va uning pullari hamda mobil telefonini olib qo‘ygan. Politsiya shu zahoti o‘g‘rini qo‘lga olgan va mahalliy uchastkaga yetkazgan. Buyumlar o‘z egasiga qaytarilgan, deb xabar bermoqda Inside The Games.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish