Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada kiberxavfsizlik bo‘yicha maxsus bo‘lim yaratildi
Avstraliyada kiberxavfsizlik bo‘yicha yangi maxsus bo‘lim yaratildi. U onlayn tarzda amalga oshiriladigan terrorchilikni moliyalashtirish, pul yuvish va iqtisodiy firibgarlik holatlarini aniqlash bilan shug‘ullanadi.
Avstraliya hukumati ushbu jinoyatlarga milliy xavfsizlikka katta tahdid sifatida qaramoqda, deb xabar bermoqda GulfNews.
Avstraliya adliya vaziri Maykl Kinen yangi bo‘lim Avstraliya tranzaksiyalar hisobot-tahliliy markazi tarkibiga kirganini ma'lum qildi.
Yangi bo‘lim Avstraliya va Yangi Zelandiya hukumat xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan pul vositalarini noqonuniy o‘tkazish uchun odamlarni qidirish va yollash bo‘yicha tovlamachilik onlayn-sxemalar ishining oldini oladi.
Bo‘lim kiberjinoyatni qayd qilish onlayn-tarmog‘i bilan kiberjinoyatlarning sxemalari va yo‘nalishlarini tezlik bilan aniqlash uchun hamkorlik qiladi, bu yirik moliyaviy firibgarliklar va ularning uslubiyatini aniqlashda yordam beradi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
10:06 / 11.06.2026
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026