Sport | 08:51 / 09.08.2016
20865
1 daqiqa o‘qiladi

Olimpiada 3-kun sarhisobi: O‘zbekiston sportchilarining natijalari

Rioda yozgi Olimpiada o‘yinlari davom etmoqda. Uning uchinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi:

Anton Fokin - Sport gimnastikasi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda saralash bosqichdanoq ishtirokini yakunladi

Vadim Skorovarov – Pnevmatik miltiqdan o‘q otish. 620.9 ball bilan 28-natijani qayd etdi va saralashdan o‘ta olmadi. 

Mirali Sharipov – Dzyudo. -73 kilogramm vazn toifasining 1/32 finalda gollandiyalik Elmont Deksga imkoniyatni boy berdi

Rustam To‘laganov – Boks. 1/16 finalida ekvadorlik Xulio Kastiloni yengdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi

Hasanboy Do‘stmatov – Boks. 46-49 kilogramm vazndagi bokschilar bahsida meksikalik Xoselito Velaskesni yengib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi

Ra'noxon Omonova – Suzish. 200 metrga kompleks usulda suzish bahsida o‘z guruhida so‘nggi bo‘lib marraga keldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish