Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadaning boks musobaqalarining 49 kg vazn toifasida iştirok etayotgan özbekistonlik çarm qölqop ustasi Hasanboy Dösmatov 1/8 finalda meksikalik raqibini yutib, çorak finalga yöl oldi.
Osiyoning amaldagi çempioni, 23 yoşli Dösmatov Amerikaning vitse-çempioni, Panamerika öyinlari ğolibi, 22 yoşli meksikalik Xoselito Velaskesga qarşi ringga çiqdi.
Jang yuqori sur'atda katta sondagi zarbalar bilan keçdi. Boksçilar bir-birlari bilan oçiqçasiga jang qilişdan tap tortmadilar va Hasanboy bunda işonçli harakat qildi. Hakamlarning bir ovozlik qaroriga köra hamyurtimiz ğalaba qozondi (3:0 - 29:28, 29:28, 29:28).
Dösmatovning çorakfinaldagi raqibi qozoğistonlik Birjan Jakipov böladi.
Eslatib ötamiz, keyingi bosqiçlarga hamyurtlarimizdan Xurşid Tojiboyev (60 kg), Şahram Giyasov (69 kg) va Rustam Tölaganov (91 kg) ham yöl oldilar.







