Sport | 20:59 / 09.08.2016
8452
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016, dzyudo. Shahzod Sobirov nimchorak finalda amerikalik raqibiga yutqazdi

O‘zbekistonlik dzyudochi Shahzod Sobirov (81 kg) Rio-de-Janeyro Olimpiadasining chorak finaliga yo‘l olish uchun amerikalik Trevis Stivensga qarshi tatamiga chiqdi.

Amerikalik dzyudochi dastlab "yuko"ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, oradan biroz o‘tib raqibini kimanosi orqali ushlash holatiga tushirdi. Stivens Sobirovni 20 soniya ushlab turdi va "ippon"ni rasmiylashtirdi. 

Shahzodbek chorak finalga chiqa olmadi va shu orqali medallar uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Shahzodbek Sobirov dastlabki uchrashuvida fijilik raqibi Josateki Naulini ippon bahosi bilan mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.