Sport | 21:43 / 09.08.2016
12354
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy koreyalik sportchi Riodagi Olimpiadada oltin medal ololmagani uchun marhum Kim Chen Irdan kechirim so‘radi

Foto: juche-songun.livejournal.com

Riodagi Olimpiadada og‘ir atletika musobaqalarida 56 kg vazn toifasida kumush medal olgan Shimoliy koreyalik og‘ir atletikachi Om Yun Chxol Shimoliy Koreya yetakchilaridan oltin medal yuta olmagani uchun uzr so‘radi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar bermoqda. 

"U doimo mening ilhomchim bo‘ladi va men buni oltin medal bilan to‘lay olmaganim uchun afsusdaman. Umid qilamanki, men yana qaytib, musobaqalarda qatnashib, oltin medal yutib o‘z minnatdorchiligimni bildira olaman", deb aytdi sportchi 2011 yilda vafot etgan Kim Chen Irni nazarda tutib.

U kumush medal bilan xalqi uchun qahramon bo‘la olishi mumkinligiga gumon bildirdi.

Sportchi 2012 yildagi Olimpiadada oltin medal qo‘lga kiritgandi. U o‘shandagi nutqida Shimoliy Koreyaning hozirgi rahbari Kim Chen In va uning otasi Kim Chen Irga minnatdorchilik bildirgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid