Qayd etilişiça, raketalar sinovi mamlakat rahbari Kim Çen In kuzatuvi ostida ötkazilgan. Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabariga köra, bir kun avval Janubiy Koreya harbiylari Şimoliy Pxyonan viloyatidagi Çonju hududidan Sariq dengiz tomon bir neçta qisqa masofali ballistik va artilleriya raketalari uçirilganini qayd etgan.

KMTA ma’lumotiga köra, 26 may kuni ötkazilgan sinovlar KXDR milliy mudofaa tizimini rivojlantiriş böyiça beş yillik rejaning bir qismi hisoblanadi. Unga köra, artilleriya va raketa qöşinlarini modernizatsiya qiliş maqsad qilingan.

Kim Çen In sinov natijalaridan “katta mamnuniyat” bildirgan va buni mamlakatning harbiy ustunligi hamda jangovar salohiyati ortib borayotganining “yaqqol signali” deb atagan.

Ayniqsa, u janubiy çegara yaqinidagi uzoq masofali artilleriya bölinmalariga joylaştirilişi rejalaştirilgan taktik qanotli raketani yuqori baholagan.

Ma’lum qilinişiça, uşbu raketa yer rel’yefini xaritalaş va sun’iy intellekt asosida nişonga yönaltiriş kabi bir neçta navigatsiya tizimlari bilan jihozlangan. Bu esa unga 100 kilometr radiusdagi nişonlarni yuqori aniqlik bilan uriş imkonini beradi.