Jahon | 22:49 / 10.08.2016
7793
1 daqiqa o‘qiladi
Anqara G‘arb Turkiya hukumatini davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin qo‘llab-quvvatlamaganini aytmoqda
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning matbuot kotibi Ibrohim Qalin Turkiya hukumati mamlakatdagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin g‘arb davlatlaridan yordam kutganini, biroq birorta g‘arb davlati rahbari Turkiyaga kelmaganini aytdi.
Qalinning aytishicha, g‘arb OAV tomonidan davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin Turkiya armiyasida amalga oshirilgan o‘zgarishlarni "tozalash" deb atash noto‘g‘ri bo‘lgan. Qalin "bu xatti-harakatlar kelgusida ham shunday fitnalar bo‘lmasligi uchun normal qadamlar" ekanini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Turkiya adliya vaziri Bakir Bo‘zdag davlat to‘ntaruviga urinish ishi bo‘yicha Turkiyada 26 mingdan ko‘proq odam hibsga olinganini ma'lum qilgandi.