Guardian: Avstraliya hukumati vakillari qochqinlarga ozor berishda ayblanmoqda
Tinch okeanidagi Nauru orolida (Avstraliya) joylashgan qochqinlar lagerida ikki mingdan ortiq zo‘ravonlik xatti-harakatlari qayd etilgan. The Guardian bu dalillarni tasdiqlovchi ma'lumotlarni chop etdi.
Nashriyotning tasarrufida qochqinlarning jismoniy zo‘ravonlik, qiynoqlarga duch kelgani, ularning ustidan mazax qilishgani hamda yashash sharoitiga doir sakkiz ming sahifadan ortiq fayllar mavjudligi ta'kidlanmoqda.
Gazeta tahlilchilarining xabariga ko‘ra, zo‘ravonlik hujumlarining yarmidan ko‘pi bolalarga nisbatan qo‘llangan. Hujjatlarda 2 116 zo‘ravonlik holati qayd qilingan, ulardan 1 086 holat bolalarga nisbatan amalga oshirilgan. Qochqinlar lageridagi bolalar soni atigi 18 foizni tashkil qilgan.
Hujjatlarda 2013 yilning may oyidan 2015 yilning oktabrigacha bo‘lgan davr haqida gap ketgan. Sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbullga nisbatan keng qamrovli tekshiruv ishlari qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
21:49 / 12.12.2024
Avstraliya internet kompaniyalarni mahalliy OAV kontenti uchun pul to‘lashga majbur qiladi
18:11 / 11.12.2024
Avstraliyadagi laboratoriyada o‘limga olib keluvchi viruslar solingan yuzlab flakonlar yo‘qoldi
00:26 / 11.12.2024
Avstraliya Tomahawk raketasini muvaffaqiyatli uchirgan dunyodagi uch davlatdan biriga aylandi
14:31 / 09.12.2024