Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-2016, to‘rtinchi kun. Medallar hisobi bo‘yicha AQSh peshqadam, Vengriya uchlikka kirdi, Germaniya ilk medallariga ega bo‘ldi
Rio-2016 olimpiadasining to‘rtinchi kun bahslari yakunlanmoqda. Ayni paytga kelib medallar hisobi bo‘yicha AQSh peshqadamlikni davom ettirmoqda (9-8-8). Xitoy ikkinchi o‘rinda (8-3-6). Uchinchi kun bahslaridan keyin oltinchi o‘rinda bo‘lgan Vengriya terma jamoasi a'zolari 1ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza olib (4-1-1-) Avstraliya terma jamoasini ortda qoldirgan holda (4-0-5) uchlikka kirib oldi.
Turnirning to‘rtinchi kunida 15ta medallar jamlanmasi o‘ynaldi.
9 avgust kungi bahslarda amerikaliklar yana 7ta medal olishga muvaffaq bo‘lishdi - 5ta oltin, 2ta bronza. Batterflyay suzish bo‘yicha yakkalik bahslarda, 4x200 m masofaga erkin uslubda estafetada chempion bo‘lgan Maykl Felps endilikda 21 karra olimpiada chempioni.
Rossiya terma jamoasi esa to‘rtinchi kun bahslarida 1ta oltin va 1ta kumush medal qo‘lga kiritdi. Jamoa ayni damda yettinchi o‘rindan beshinchi o‘ringa ko‘tarilgan (3-6-3).
Germaniya terma jamoasi shu kuni turnirdagi ilk medallarga ega bo‘ldi. Ot sporti bo‘yicha uchkurash bo‘yicha musobaqada Mixael Yung tengsiz chiqdi - oltin. Germaniyaliklar ot sporti bo‘yicha jamoaviy turnirda ham kumush medalga ega bo‘lishdi. Jamoaga yana bir kumush medalni to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha musobaqada ikkinchi bo‘lgan Monika Karsh keltirdi.
Olimpiadaning to‘rtinchi kunida O‘zbekiston vakillari 4ta sport bo‘yicha ishtirok etishdi. Akademik eshkak eshish,, og‘ir atletika va dzyudo bo‘yicha vakillar muvaffaqiyatsizlikka uchradi va ishtirokni to‘xtatdi. Bokschi Xurshid Tojiboyev esa ikkinchi g‘alabasini nishonlab, chorak finalga chiqdi. Ayni vaqtda O‘zbekiston terma jamoasi 2ta bronza medal bilan 39-o‘rinda joylashgan. Shu vaqtgacha 47 terma kamida bitta jamoa medal olgan.
Rio-2016
Rio-de-Janeyro, Braziliya
9 avgust
Ot sporti, uchkurash, jamoaviy turnir
1. Fransiya
2. Germaniya
3. Avstraliya
Ot sporti sport, uchkurash, shaxsiy turnir
1. Mixael Yung (Germaniya)
2. Nikolya Aster (Fransiya)
3. Filipp Datton (AQSh)
Eshkakli slalom, erkaklar, kanoe-yakkalik
1. Denis Gargo-Shanyu (Fransiya)
2. Matey Benyush (Slovakiya)
3. Takuya Xaneda (Yaponiya) – 97,44
Og‘ir atletika, ayollar, -63 kg
1. Den Vey (Xitoy)
2. Chxve Xe Sim (KXDR)
3. Karina Goricheva (Qozog‘iston)
O‘q otish, ayollar, to‘pponcha, 25 m
1. Anna Korakaki (Gretsiya)
2. Monika Karsh (Germaniya)
3. Xeydi Ditxelm Gerber (Shveytsariya)
Suvga sakrash, ayollar, sinxron sakrash, 10 m
1. Chen Ruolin – Lyu Xueysya (Xitoy)
2. Pamg Pandelela Rinong – Chong Yun Xong (Malayziya)
3. Megan Benfeito – Rozelin Filion (Kanada)
Sport gimnastikasi, ayollar, ko‘pkurash, javmoaviy turnir
1. AQSh
2. Rossiya
3. Xitoy
Dzyudo, ayollar, -63 kg
1. Tina Trstenyak (Sloveniya)
2. Klariss Agbengnenu (Fransiya)
3. Anika van Emden (Niderlandiya)
3. Yarden Gerbi (Isroil)
Dzyudo, erkaklar, -81 kg
1. Xasan Xalmurzayev (Rossiya)
2. Trevis Stivens (AQSh)
3. Serji Toma (BAA)
3. Takanori Nagase (Yaponiya)
Qilichbozlik, erkaklar, shaxsiy turnir, shpaga
1. San Yen Pak (Janubiy Koreya)
2. Geza Imre (Vengriya)
3. Gote Gryume (Fransiya)
Og‘ir atletika, erkaklar, -69 kg
1. Shi Chjiyun (Xitoy)
2. Daniyar Ismailov (Turkiya)
3. Izat Artikov (Qirg‘iziston)
Suzish, ayollar, 200 m, erkin uslub
1. Ketlin Ledeki (AQSh)
2. Sara Shestrem (Shvetsiya)
3. Emma Makkeon (Avstraliya)
Suzish, erkaklar, 200 m, batterflyay
1. Maykl Felps (AQSh)
2. Masato Sakai (Yaponiya)
3. Tamash Kendereshi (Vengriya)
Suzish, ayollar, 200 m, kompleks suzish
1. Katinka Xossu (Vengriya)
2. Shivon-Mari O’Konnor (Buyuk Britaniya)
3. Medeleyn Dirado (AQSh)
Suzish, erkaklar, 4x200 m masofaga erkin uslubda estafeta
1. AQSh
2. Buyuk Britaniya
3. Yaponiya
Rio-2016, 8 avgust yakunlari. Medallar hisobi bo‘yicha AQSh peshqadamlikni davom ettirmoqda


