Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TDTUda yangi rektor, abituriyentlarga imkoniyat, jonli efirdan shok video, Putin va Erdo‘g‘an uchrashuvi nimani anglatadi, iPhone 7 haqida ajib yangilik
Bosh vazirning yangi o‘rinbosari
Majid Karimov O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Batafsil.

TDTUda yangi rektor
Farhod Rizayev Toshkent davlat texnika universitetining yangi rektoriga aylandi. Batafsil.
Abituriyentlarga imkoniyat
Davlat Test Markazi rasmiy saytida e'lon qilingan xabarga ko‘ra, abituriyentlar test natijalaridan SMS orqali xabardor bo‘lishlari mumkin. Batafsil.

Shok video
Meksika televideniyeda jonli efir orqali uzatilayotgan ko‘rsatuv chog‘ida sher kutilmaganda kichik qizchaga tashlanib qoldi. Batafsil.

Trampning fikricha IShID asoschisi
AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp amaldagi prezident Barak Obamani IShID tashkilotchilaridan biri ekanligida aybladi. Batafsil.

Putin va Erdo‘g‘an uchrashuvi nimani anglatadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvi rasmiy Vashington va Anqaraning munosabatlari davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, yomonlashganini isbotlaydi, deb fikr yuritadi The Wall Street Journal. Batafsil.

Bilimdonlar uchun kitob
Dizayner Brendi Uitni tomonidan yog‘ochdan yasalgan boshqotirma-kitob o‘zida bilimdonlarning eng yaxshi ko‘rgan ikki mashg‘uloti – mutolaa qilish va boshqotirmalarni yechishni birlashtirdi. Batafsil.

iPhone 7 haqida ajib yangilik
Amerikaning Apple kompaniyasi o‘zining yangi smartfoni iPhone 7ni 2016-yil 7-sentabr kuniyoq ommaga oshkor qilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayangan holda. Batafsil.

Rossiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi
Stanislav Cherchesov Rossiya terma jamoasini boshqaradi. Batafsil.

Rio-2016: 11 avgustda O‘zbekiston sportchilari natijalari
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlarining 11 avgust kungi bahslarida o‘zbekistonlik sportchilar bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Batafsil.
