AQŞ prezidentligiga Respublikaçilar partiyasidan nomzod Donald Tramp amaldagi prezident Barak Obamani IŞID taşkilotçilaridan biri ekanligida aybladi.
Fort Loderdeyldagi (Florida ştati) mitingda öz tarafdorlariga murojaat qilgan magnat jihodçilar guruhi "prezident Obama şarafiga" tuzilganligini aytdi.
"U IŞID asosçisi! IŞIDga u asos solgan", - dedi Tramp.
Milliarder Oq uydagi Demokratlar partiyasi vakilini tanqid qilişda davom etdi.
"Uning hammuassisi esa - Hillari Klinton", - dedi u.
Ötgan hafta Tramp sobiq davlat kotibi Klintonning "IŞIDdan mukofot olişi kerak"ligini aytgandi.
Öşanda Klinton Trampni "çegaradan ötib ketgan"ini aytib, qat'iy ogohlantirgandi.







