Nyu-Yorkda imom o‘ldirilgandan keyin norozilik namoyish bo‘lib o‘tdi
Nyu-Yorkning Kuins tumani ko‘chalariga mahalliy masjidlardan biri – "Al-Furkan" masjidining imomi Maulam Akonjiy o‘ldirilgandan keyin o‘nlab musulmonlar norozilik bildirish uchun chiqishdi.
Namoyishchilar qotillik musulmonlarga diniy adovat negizida amalga oshirilganini ta'kidlashmoqda, biroq politsiya tergov endi boshlangani va imom diniy aqidasi sababli o‘ldirilgan deb hisoblanishiga hozircha asos yo‘qligini aytgan.
Bundan tashqari, politsiyadagi manbaning ta'kidlashicha, qotillik talonchilikka urinish vaqtida sodir etilgan.
55 yoshli imom va uning 64 yoshli yordamchisi masjiddan chiqib, o‘z uylariga qaytayotganlarida noma'lum erkak ularga yaqinlashib, boshlariga o‘q uzgan. Imom voqea joyida, uning yordamchisi shifoxonada vafot etgan.
Qotilni bir necha yo‘lovchilar ko‘rgan, biroq uni qaynoq izlar bo‘yicha tutishga muvaffaq bo‘linmagan.
Akonjiy AQShga Bangladeshdan ikki yil avval kelgan. U imomlik qilgan masjidga keluvchilarning ko‘pchiligi bangladeshliklarni tashkil qilgan.
"Bunday vaqtlarda biz qanchalik himoyalanmaganimizni anglaymiz. Bizning kelajak, bizning bu hududdagi osuda hayotimiz xavf ostida – biz adolatni talab qilamiz!", deb aytmoqda masjidga qatnovchilardan biri.