Nyu-Yorkdagi masjidlardan birining imomi şaharning Kvins tumanida otib ketildi. Imom bilan birga bölgan tanişi ham halok bölgan. Bu haqda The New York Post naşri xabar bermoqda.
Voqea Ozon-Park hududida yuz berdi. Imom va uning tanişi "Al-Furkan" masjididan ibodatdan keyin uylariga qaytişayotganda ularga hujum uyuştirilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, jinoyatçi qurbonlarning boşiga öq uzgan. Imom voqea joyida halok bölgan, uning hamrohi oğir ahvolda şifoxonaga olib ketilgan. Keyinroq erkakning joni uzilgani ma'lum qilingan.
Voqea guvohlaridan birining aytişiça, u avval ikkita, keyin yana bitta öq ovozini eşitgan, söngra köçadan töpponça bilan yugurib ketayotgan odamni körgan. Guvohlarning fikriça, qotil imom va uning hamrohiga ataylab suiqasd uyuştirgan.
Qotilni jinoyatga undagan sabablar noma'lum. Politsiya jinoyatçi ozodlikda yurganini va qotillik aynan diniy sabablarga köra amalga oşirilgani borasida isbotlar yöqligini aytgan.







