Sport | 20:51 / 15.08.2016
31428
2 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016. Shahram G‘iyosov jahon chempionini yengib, finalga chiqdi

Bugun Rio-2016 Olimpiadasida boks bo‘yicha 69 kg vazn toifasida hamyurtimiz Shahram G‘iyosov yarim finalda marokashlik sportchi, amaldagi jahon chempioni bo‘lmish Muhammad Rabiyga qarshi ringga chiqdi.

3 raund davomida faol harakat qilgan o‘zbekistonlik sportchi birinchi raundayoq raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Hakamlar 3 raundda ham uning g‘alabasini qayd etishdi va G‘iyosov finalga chiqdi.

Hakamlarning baholari — 30:27, 30:27, 30:27.

Shahram o‘z g‘alabasini yana Krishtianu Ronaldu uslubida nishonladi.

Uning finaldagi raqibi qozog‘istonlik Daniyar Yelessunov va fransiyalik Sulaymon Diop Sissoko o‘rtasida aniqlanadi.

Shahram G‘iyosov yarim final jangiga qadar ispaniyalik Yuba Sissoko, litvalik Eymantas Stanyonis va kubalik Ronel Iglesiasni turnirdan chiqarib yuborgandi.

U O‘zbekiston boks terma jamoasining final jangida ishtirok etadigan ikkinchi vakili bo‘ldi. Oltin medal uchun jang 17 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid