Sport | 08:34 / 16.08.2016
20390
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016, boks. Shahram G‘iyosov finalda qozog‘istonlik bokschiga qarshi jang qiladi

Rio-de-Janeyro olimpiadasida ishtirok etayotgan 69 kg. vazndagi O‘zbekiston vakili Shahram G‘iyosovning finaldagi raqibi aniq bo‘ldi. 

U oltin medal uchun qozog‘istonlik Daniyar Yeleussinovga qarshi jang olib boradi. Qozog‘iston vakili yarim finalda fransiyalik Sulaymon Diop Sissokoni mag‘lub etdi. Ikkinchi raundda bokschilar bosh bilan to‘qnashib ketishi oqibatida Doniyorning yuzi yorildi. Shifokor jangni to‘xtatish haqida qaror chiqardi. Ikki raund natijalariga ko‘ra Yeleussinov g‘olib deb topildi — 20:18, 20:18, 20:18. 

Oltin medal uchun jang 17 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Shahram G‘iyosov yarim finalda marokashlik sportchi, amaldagi jahon chempioni bo‘lmish Muhammad Rabiyni yenggandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid