Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyalik og‘ir atletikachi: Qozog‘iston, Belarus, Ukraina va Gruziyada sportchilar doimiy ravishda dopingdan foydalanishadi
Nemis og‘ir atletikachisi Almir Velagich Die Welt nashriga bergan intervyusida Sobiq Ittifoq hududidagi davlatlar sportchilari doimiy ravishda doping qabul qilishi borasidagi gumonlarini bayon etgan.
"Agar Rio musobaqalarini kuzatayotgan bo‘lsangiz, sharmandalikka guvoh bo‘lishingiz mumkin. Faoliyatini endigina boshlagan yosh sportchilar buyurtma berishdayoq jahon rekordlariga yaqin kelishmoqda.
77 kg vazn toifasida g‘olib bo‘lgan qozog‘istonlik sportchiga qaraylik, (Nigat Ragimov – tahr. Kun.uz), u doping uchun jazolanib qaytgach, o‘z natijasidan 40 kg og‘irroq toshga buyurtma berdi. Ko‘rinishidan diskvalifikatsiyadagi 2 yil unga salbiy ta'sir ko‘rsatish o‘rniga, bu uning foydasiga bo‘lgan. Endi shu ahvolda ishtirok etib, jahon rekordini qo‘ymoqda. Bu shunchaki kulgili.
– Sizningcha Rossiya terma jamoasi chetlatilishi – hali boshlanishimi?
– Ha, chetlatilishi kerak bo‘lgan boshqa terma jamoalar ham bor.
– Qaysilar?
– Sobiq Ittifoq davlatlari – Qozog‘iston, Gruziya, Belarus, Ukraina.
– Qozog‘istondan London olimiadasidagi 4ta oltin medal olib qo‘yildi. Nega hech narsa o‘zgarmagan?
– Qarang, u yerda kimlar rahbarlik qiladi. Doping mojarolaridan keyin ham murabbiylar o‘z o‘rinlarida qolaverishadi. Ular minbarga sakrab chiqishadi va hayqirishadi: «Qozog‘iston – birinchi raqamli!» Bu sirkka aylanib bormoqda.
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Oliver Karuzo esa raqiblarni doimiy doping iste'mol qilishda ayblab, O‘zbekiston, Belarus, Armaniston, Moldova, Ruminiya va Ukraina og‘ir atletikachilarini musobaqalarda chetlatish fikrini ilgari surgan.
Rio—2016 ning og‘ir atletika musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan Ruslan Nuriddinov 15 avgust kuni oltin medalga ega chiqdi. Uning asosiy raqibi sifatida qaraladigan sportchi — qozog‘istonlik Ilya Ilin Rio-de-Janeyro Olimpiadasiga tashrif buyurmagandi. U taqiqlangan modda iste'mol qilgani sabab Olimpiadadan chetlatilgan.
Ma'lumot uchun, 29 iyul kuni Og‘ir Atletika Xalqaro Federatsiyasi Rossiya terma jamoasini yozgi Olimpiada o‘yinlaridan chetlashtirgandi.
Mavzuga oid
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026
Norvegiya qishki Olimpiada o‘yinlarida medal olish bo‘yicha rekord natijaga erishdi
21:31 / 20.02.2026