Sport | 18:56 / 16.08.2016
22576
1 daqiqa o‘qiladi

Olimpiada rekordini qo‘ygan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi (Video)

Ruslan Nuriddinov O‘zbekiston delegatsiyasiga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi. 

Og‘ir atletika bo‘yicha vazni 105 kilogrammgacha bo‘lgan erkaklar o‘rtasida musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston vakiliga teng keladigan raqib topilmadi. 

Avvaliga Ruslan Nuriddinov dast ko‘tarishda 194 kg. natija qayd etdi.

Siltab ko‘tarishda esa dastlabki ikkita urinishda 225 va 230 kg. shtangani ko‘tarib, oltin medalni hal qilib qo‘ydi. So‘nggi urinishda olimpiya rekordi hisoblangan 237 kg. toshga buyurtma berildi va rekord o‘rnatildi.

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid