Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
Namanganda Xalqaro gullar festivali doirasida bir oy davomida jamoa bo‘lib eng ko‘p gul ekish orqali Ginnes rekordini o‘rnatish jarayoniga start berildi.
Foto: Dunyo
Namangan viloyatida an’anaviy Xalqaro gullar festivali doirasida ulkan tashabbus boshlandi. Viloyat markazida o‘tkazilgan tantanali marosimda bir oy davomida jamoa bo‘lib eng ko‘p gul ekish bo‘yicha Guinness World Records rekordini o‘rnatish jarayoni rasman boshlandi.
Tadbirda viloyat rahbariyati, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Ma’lum qilinishicha, tashabbus hududning ekologik barqarorligini ta’minlash, shahar qiyofasini obod qilish va Namanganning turizm salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Jarayonlarning shaffof va xalqaro talablarga muvofiq o‘tishini ta’minlash maqsadida Guinness World Recordsʼning Dubaydagi vakolatxonasi vakili Kanzi Defravi onlayn tarzda ishtirok etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda Namanganda gulchilik madaniyati jadal rivojlanmoqda. 2018 yilda 4,5 million tup gul ekilgan bo‘lsa, bugungi kunda 120 turdagi 150 milliondan ortiq gul ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.
Joriy yilda 65-xalqaro gullar festivali 24 maydan 12 iyulga qadar o‘tkazilishi belgilangan. Festival davomida 150 dan ortiq madaniy-ma’rifiy tadbirlar, xalqaro forumlar, ko‘rgazmalar va konsert dasturlari tashkil etiladi.
Tashabbus Namanganning xalqaro imijini mustahkamlash, ekologik muhitni yaxshilash va aholi o‘rtasida bunyodkorlik ruhini kuchaytirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
12:47
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
19:59 / 24.04.2026
Namanganda fuqaroni qiynoqqa solgan IIB xodimlari qamaldi
23:34 / 07.04.2026
Namangan va Farg‘onada mansabdor shaxslar pora olayotganida qo‘lga olindi
18:00 / 31.03.2026