Sport | 20:05 / 16.08.2016
7699
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016, kanoe. Gerasim Kochnev Rio-2016 Olimpiadasi finalida 7-o‘rinni egalladi

15 avgust kuni bo‘lib o‘tgan saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan Gerasim Kochnev bugun Rio—2016 Olimpiadasining kanoeda eshkak eshish bahslari finalida ishtirok etdi.

Kochnev startni u qadar yaxshi olmadi va uning natijasi finishga qadar yomonlashib bordi. Dastlabki 250 metr masofada u beshinchi, masofaning yarmi va 750 metrda 6-o‘rinni egallab turgandi. Yakunda marrani yettinchi bo‘lib kesib o‘tdi. U 4.04.20 daqiqalik natija qayd etdi.

Germaniyalik Sebastyan Brendli Olimpiadaning ikki karra chempioniga aylandi. Kumush va bronza medallar Braziliya va Moldova vakillariga nasib etdi.

Mavzuga oid