Xitoyning Hangjou şahrida XIX yozgi Osiyo öyinlari doirasida navbatdagi bellaşuvlar boşlandi. Kun avvalida Özbekiston baydarka va kanoeda eşkak eşiş böyiça jamoasi 6 dastur böyiça final bosqiçida iştirok etişdi.
Dastlab 1000 metrga baydarkada eşkak eşiş böyiça erkaklar örtasidagi final bahsi bölib ötdi. Unda startga çiqqan özbekistonlik Şahriyor Mahkamov ikkinçi bölib marra çiziğini kesib ötdi va Özbekiston delegatsiyasiga kumuş medalni taqdim qildi.

Birinçi örinni Xitoy vakili qölga kiritdi, bronza qozoğistonlik atletikaçiga nasib etdi.

Baydarka va kanoye bahslarining ikkinçi startida ham Özbekiston delegatsiyasi hisobiga medal yozib qöyildi. 1000 metrga kanoyeda eşkak eşiş böyiça erkaklar örtasidagi dasturda Vladlen Denisov yana bir kumuş medalga ega çiqdi.

Bu bahsda birinçi örinni taybeylik, uçinçi örinni qozoğistonlik sportçilar egallaşdi.

Baydarkada eşkak eşiş böyiça ayollar örtasida 500 metrga keçgan bahsda yana bir medal qölga kiritildi. Unda startga çiqqan Yekaterina Şubina hamda Arina Tanatmişeva juftligi marraga uçinçi bölib yetib keldi va bronza medaliga sazovor böldi.

Şuningdek, 500 metrga kanoyeda eşkak eşiş böyiça juftlik bahslarida Artur Guliyev hamda Kamron Ahtamov törtinçi, Nilufar Zokirova hamda Gulbahor Fayziyeva esa beşinçi bölib marraga keldi. Xuddi şu masofada startga çiqqan baydarkaçilar Denis Onufriyev hamda Ozodjon Amriddinov esa yettinçi poğonadan joy olişdi.
Ertaga, 3 oktyabr kuni Özbekiston baydarka va kanoeda eşkak eşiş böyiça jamoasi vakillari yana 6 ta dasturda medallar uçun kuraş olib borişadi.
Ayni vaqtda umumiy reytingda 6-örinda borayotgan Özbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 43 taga yetdi - 11 oltin, 14 kumuş va 18 bronza.

















