Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-2016 olimpiadasida navbatdagi mojaro. Muxlislar rossiyalik bokschining g‘alabasini qabul qila olishmadi (Video)
15 avgust oqshomida 91 kilogarmm vazn toifasidagi finalda rossiyalik Yevgeniy Tishchenko Qozog‘iston vakili Vasiliy Levitga qarshi jang yakunida hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib bo‘lib, Olimpiada chempioniga aylandi.
Arenadagi tomoshabinlarning aksarining fikriga ko‘ra, aslida qozog‘istonlik bokschi ustun bo‘lgan. Ular o‘z fikrlarini norozilik hayqiriqlari va hushtakbozliklar bilan ifodalashgan.
Tishchenko o‘z g‘alabasini tan olmagan muxlislarning harakatidan qattiq qayg‘uga botganini ma'lum qilgan.
"Afsus, jamoatchilik mening g‘alabamga shunday munosabatda bo‘ldi, hushtakbozlikka duch kelganimdan qattiq xafaman. Magarki, g‘alabani menga yozishgan ekan, shunga munosib jang qilganman. Biz hakamlarning istalgan qaroriga rozi bo‘lamiz. Men ham, raqibim ham hakamlarning qanday qaror qabul qilishini bilmasdik. Men va sekundantlarim muxlislarning harakatini tushuna olmadik. Lekin men raqibimni ham, muxlislarni ham hurmat qilaman.
Taktika birinchi raqam ostida jang qilishga qaratilgandi, lekin buning iloji bo‘lmadi. Bir necha jiddiy zarbalarni o‘tkazib yubordim, lekin zarbalarga javob qaytarishga harakat qildim.
Albatta, menda hakamlarga e'tiroz yo‘q. Men hozir o‘z g‘alabamdan sarmastman. Lekin Vasiliy Levitga adolatsizlik qilingan bo‘lsa, buning uchun afsusdaman", degan u.

Arenada olingan suratlarda ko‘rish mumkinki, kumush medal sovrindori bo‘lgan Vasiliy Levit taqdirlash marosimi vaqtida hushtakbozlik qilgan muxlislarni tinchlantirishga uringan va ulardan bunday harakatlarni bas qilishni so‘ragan.
Rossiyalik bokschilar murabbiyi Aleksandr Lebzyak o‘z shogirdi g‘alabaga haqli bo‘lgani haqida aytgan.
"Vazifa raqib o‘z rejasini amalga oshirishiga imkon bermaslik edi. Menimcha, biz 2 raundni yutdik, o‘tkazib yuborilgan zarbalarga keladigan bo‘lsak, himoyalangan vaqtda shunday bo‘lishi tabiiy. Eng muhimi jang oxiriga qadar davom etdi.
Tribunadagilarning harakatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, asosan qozog‘istonlik muxlislar noroziliklarini bildirishdi. Muhimi madhiya vaqtida hushtakbozlik bo‘lmadi", degan murabbiy.
Bungacha ham Rossiya vakillari turnir davomida adolatsizlikka duch kelishayotgani haqida bir necha marta ma'lum qilishgandi.
Bunday holat ilk bor 8 avgust kuni 100 m masofaga brass usulida suzish bo‘yicha musobaqada Rossiya vakili Yuliya Yefimova kumush medal olganida kuzatilgandi. O‘shanda avvaliga muxlislar uni hushtakbozlik bilan kutib olishdi. Musobaqa yakunlanganida esa marraga birinchi va uchinchi o‘rinlarda kelgan amerikalik suzuvchilar Lilli King va Keti Meyli Yefimovani tabriklashni istamadi.

Rio-2016. Rustam To‘laganov o‘zining bronza medalini qabul qilib oldi