Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida ötkazilayotgan Yozgi olimpiya öyinlari doirasida 91 kilogrammgaça bölgan boksçilar örtasidagi musobaqalar yakunlanib, ğoliblarni taqdirlaş marosimi ötkazildi.
Özbekistonlik Rustam Tölaganov bundan oldinroq bronza medaliga ega çiqqandi va u bugun öz medalini qabul qilib oldi.
Bu vazn toifasida Rossiya vakili Yevgeniy Tişenko qozoğistonlik sportçi Vasiliy Levitga qarşi ringga çiqdi va ğalaba qozondi.
Yana bir bronza medali kubalik Erislandi Savonga topşirildi.
Rustam Tölaganov 1/8 finalda ekvadorlik Julio Sezar Kastiloni, çorak finalda esa ozarbayjonlik Abdulqodir Abdullayevni mağlub etişga muvaffaq bölgandi. U yarim finalda aynan Tişkenkoga yutqazgandi.











