19:28 / 16.08.2016
5660

Select DAC II: dunyodagi eng qimmat quloqchinli audiotizim

The Verge nashri eksperti Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan CanJam London 2016 ko‘rgazmsiga tashrif buyurib, dunyodagi musiqa eshitish uchun mo‘ljallangan quloqchinlar uchun eng qimmat audiotizim bilan tanishdi. Uning fikriga ko‘ra,  tovushni MSB Technology asosida raqamli-analogli o‘zgartiruvchi qurilma audiomuhandislik g‘oyasining ajoyib mahsulidir. 

Ammo, MSB qurilmasini musiqaga mukkasidan ketganlar ham xarid qilish borasida o‘ylab ko‘rishi aniq. Tizim uch qismdan iborat bo‘lib, MSB Select soliqlarni hisoblamaganda 90 000 dollarga sotiladi. Select tovush kuchaytirgichlari uchun 37 950 dollar va elektrostatik quloqchin SR-009ni xarid qilish uchun yana 3 825 dollarning bahridan kechish talab etiladi. Ammo, bu qurilma chiqaradigan musiqani tom ma'noda "sehrli", deyish mumkin. 

"Har bir mitti ohang mikroskopik aniqlik bilan takrorlanadi, u ohangdagi har qanday o‘zgarishlarni ajratadi, — deb yozadi jurnalist, — Men Aerosmith, Adel, Emi Uaynxaus, Nirvana, Metallica, Mendelson va boshqa turli musiqalarni tinglab ko‘rdim, va har safar men ajrata olgan yangi ohang bor edi. Shu boisdan ham, Select tizimi juda ajoyib".

Select DAC ichiga 16 ta raqamli-analogli o‘zgartirgich o‘rnatilgan. Ular ohangdagi har qanday nuqsonni bartaraf etadi.

Top