Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter Apple TV ko‘magida televideniyega aylanadi
Mikrobloglar tarmog‘i bo‘lmish Twitter Milliy futbol ligasi (MFL) o‘yinlarini katta ekranlarda “jonli” translatsiya qilish bilan shug‘ullanadi. AQSh Milliy futboli o‘yinlarini bepul tomosha qilish uchun Apple TV teleprastavkalaridagi Twitter ilovasidan foydalanish lozim bo‘ladi.
The New York Times nashrining yozishicha, kompaniya mazkur masala yuzasidan Apple bilan bevosita muzokaralar olib bormoqda. Nima uchun Twitter’ga ushbu yo‘nalishda ish olib borish zarur bo‘lib qolgani to‘g‘risida hech qanday tafsilotlar berilmagan.
Twitter MFLning ommaviyligidan foydalangan holda Apple kompaniyasidan App Store’da muhim kengaytmalarga ega bo‘lishni maqsad qilgan bo‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari, Twitter Apple TV’ning yangi funksiyasi bo‘lmish “Teletarjimon” dasturi borasida ham kelishuvga erishishi mumkin.
Mavzuga oid
23:42 / 11.06.2026
Joze Mourinio «Real»ga qaytdi
21:30 / 10.06.2026
Amerikada tarixdagi eng qimmat jahon chempionati boshlanmoqda - barchasi muxlislar puli hisobiga
20:33 / 04.06.2026
Jahon chempionatida irqchilik holatlari yuz bersa, o‘yin butunlay to‘xtatiladi
21:10 / 31.05.2026