Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda tropik o‘rmonga ega dunyodagi birinchi mehmonxona quriladi
Dubayda 2018 yilda o‘z tropik o‘rmoniga ega dunyodagi birinchi mehmonxona ochilishi rejalashtirilmoqda, deb yozmoqda The Independent.
Arxitektorlarning rejalariga ko‘ra, har biri 47 qavatlik ikkita egizak minora quriladi. Mehmonxonaning umumiy maydoni 185 ming kvadrat metrni tashkil qiladi.
Ta'kidlanishicha, mehmonxonadagi tropik o‘rmon minoralar ostida 7 ming kvadrat metr maydonda joylashadi, uning balandligi esa 5 qavatga teng bo‘ladi. O‘rmonda tropik iqlimni aks ettiruvchi sharsharalar, soylar, sensorli yomg‘ir tizimi bo‘ladi. Bundan tashqari, mehmonlar o‘rmon hududidagi Yura davri uslubidagi suv havzasi va qumli plyajda hordiq chiqarishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, minoralarning har birining 25-qavatida shaffof tubga ega osma suv havzalari qurish rejalashtirilmoqda. Dam oluvchilar shaffof tub orqali Dubay manzaralarini tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.







Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026