Sport | 23:43 / 17.08.2016
22888
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro havaskorlik boks uyushmasi bir necha hakamlarni Riodagi Olimpiadadan chetlashtirdi

TheGuardian.com’ning ma'lum qilishicha, Xalqaro havaskorlik boks uyushmasi (AIBA) Riodagi Olimpiadada boks janglari bo‘yicha hakamlar tomonidan chiqarilgan bir qator qarorlarni qayta ko‘rib chiqdi. 

"Hammasi bo‘lib 239 ta jang bo‘ldi, ulardan ba'zilarida hakamlik saviyasi tegishli darajadan past bo‘lgan. Shu janglarda ishlagan hakamlar chetlatildi va Olimpiadada boshqa hakamlik qilmaydilar", deyilmoqda AIBA bayonotida.

Shu bilan birga uyushma intizomiy choralar qo‘llangan hakamlar familiyasini keltirmagan.

Olimpiadadagi boks musobaqalarida oxirgi kunlarda ikkita mojaro chiqib, ikkalasi ham rossiyalik bokschilar foydasiga hal qilingan. Birinchi holatda hakamlar final jangida g‘alabani qozog‘istonlik Vasiliy Levitga bermay, rossiyalik Yevgeniy Tishenkoga berganlar. Ikkinchi holatda Vladimir Nikitin irlandiyalik Maykl Konlandan kuchliroq deb tan olingan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid