Sport | 23:57 / 17.08.2016
7527
1 daqiqa o‘qiladi

Kontening sobiq yordamchisi «Spartak»ka bosh murabbiy bo‘ldi

«Spartak» jamoasi direktorlar kengashi Massimo Karrerani jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlash qaroriga kelishdi.

52 yoshli italiyalik mutaxassis 2016 yilning iyulida klub tizimida ish boshlagandi. 5 avgust kuni Dmitriy Alenichev iste'foga chiqarilgach, bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Xabar qilinishicha, Karrera rahbariyat bilan "1+2" shaklida shartnoma tuzgan.

Bundan oldinroq, «Spartak» «Rostov» murabbiyi Qurbon Berdiyev bilan kelisha olmagani xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun, Karrera  Rossiyaga kelishdan oldin Italiya terma jamoasida hamda «Yuventus»da Antonio Kontega yordamchilik qilgan.

Mavzuga oid