19:55 / 17.08.2016
4978

Puerto-Riko qirg‘oqlari yaqinida bortida 512 yo‘lovchi bo‘lgan paromda yong‘in chiqdi

Puerto-Riko qirg‘oqlari yaqinida, San-Xuan shahridan 1 mil masofada (1,8 km) yo‘lovchi paromi yona boshladi. Bu haqa AVS xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, kema bortida 512 kishi bo‘lgan.

Guvohlar ma'lumotiga ko‘ra, Caribbean Fantasy nomli kema yonishni boshlagan.

Qutqaruvchilar yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishga kirishgan.

CaribNews ma'lumotiga ko‘ra, yong‘in mashina bo‘limida chiqqan.

Hodisa tafsilotlari o‘rganilishi boshlangan.

Mavzuga oid
Top