Hibslar Donald Trampning Amerikaga noqonuniy kirgan har qanday şaxsni deportatsiya qiliş haqidagi buyruğiga muvofiq amalga oşirilmoqda.

Puerto-Rikoda immigratsiyaga oid federal qonunlarni buzganlikda gumon qilingan 100 nafarga yaqin kişi hibsga olindi, deb xabar berdi CNN AQŞ Milliy xavfsizlik departamentining Tergov boşqarmasiga tayanib.

Hibslar Donald Trampning farmoniga muvofiq 26 yanvar kuni butun mamlakat böylab boşlangan keng kölamli operatsiya doirasida amalga oşirilgan.

Qölga olinganlar orasida Gvatemala, Ekvador, Dominikana, Haiti, Meksika, Xitoy, Dominika, Braziliya, Britaniya Virjiniya orollari, Özbekiston, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston, Isroil, Italiya va Yaponiya kabi davlatlar fuqarolari borligi qayd etilgan.

Ta’kidlanişiça, barça hibsga olinganlar deportatsiya qiliş uçun protsessual jarayondan ötadi.

Puerto-Riko — Karib dengizida Buyuk Antil orollari guruhidagi Puerto-Riko orolida va unga tutaş kiçik orollarda joylaşgan bölib, Amerika Qöşma Ştatlariga qaram hudud, ammo uning tarkibiga kirmaydi. AQŞ Konstitutsiyasining hududga ta’siri çeklangan. Oliy hokimiyat AQŞ Kongressiga berilgan, ammo hududda özini özi boşqariş tizimi mavjud.