Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek "Klichko"si muxlislardan uzr so‘radi
Rio-2016 Olimpiadasining boks bo‘yicha 91 kilogrammdan yuqori bo‘lgan vazn toifasida O‘zbekiston sha'nini himoya qilgan bokschi Bahodir Jalolov o‘z instagram sahifasi orqali o‘zbekistonlik muxlislardan uzr so‘radi.
Bokschi “Alloh sabrli kishilarni yaxshi ko‘radi" degan so‘zlar bitilgan rasmga izoh tariqasida ushbu so‘zlarni yozdi:
“Hamma o‘zbek xalqidan ming bor uzr so‘rayman. Meni shuncha qo‘llab-quvvatlab turdingiz. Ishonchlaringni oqlay olmadim. Xudo xohlasa, albatta chempion bo‘lib sizlarni xursand qilaman”.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov chorak finalda britaniyalik tajribali bokschiga ochkolar soni bo‘yicha mag‘lub bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
18:18 / 10.05.2026
Bahodir Jalolov Angliyadagi boks oqshomida raqibini texnik nokaut bilan yengdi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026