Angliyaning Mançester şahrida ötkazilgan professional boks oqşomida ikki karra Olimpiada çempioni Bahodir Jalolov navbatdagi jangini ötkazdi.
Xorvatiyalik Agron Smakiçiga qarşi ringga kötarilgan Jalolov 8-raundda texnik nokaut bilan ğalaba qozondi.

Bahodir Jalolov professional boksda 18ta jang ötkazib, ularning barçasida raqiblarini mağlub etgan.
Özbekistonlik yana bir boksçi, jahon çempioni Javohir Ummataliyev ham raqibi ustidan muddatidan avval ğalabaga erişdi.


U polşalik Damian Drabikni 2-raundda nokautga uçratdi.


















