Hindistonlik kurashchi 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi va Rio-2016da ishtirok etmaydigan bo‘ldi
Hindistonlik erkin kurashchi Narsinh Yadav antidoping qoidalarini buzgani uchun 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi va Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Sport arbitraj sudi (CAS) rasmiy saytida ma'lum qilingan.
25 iyun va 5 iyul kunlarida o‘tkazilgan doping-test natijalariga ko‘ra, sportchining qonida taqiqlangan moddalar topilgan. Hindiston antidoping komissiyasi bu moddalar Yadavning qoniga uning aybi bilan tushmagani haqida qaror chiqargandi.
Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) CAS ga shikoyat bildirgan va bu murojaat qondirilib, Yadav 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingan.
Bundan oldinroq 74 kg vazn toifasida ishtirok etuvchi ushbu 26 yoshli sportchi u iste'mol qiladigan taom va suv almashtirib qo‘yilgani haqida ma'lum qilgandi. Yadav 2015 yilgi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgandi.
Mavzuga oid
22:38 / 07.03.2020
«Sportchi biroz ehtiyotsizlik qilgan». Doping tufayli Olimpiadadan mahrum qilingan Hasanboy Rahimov borasida bayonot berildi
20:10 / 03.02.2020
Erkin kurash bo‘yicha uch karra jahon chempioni Maxov organizmida doping aniqlandi
15:12 / 13.12.2018
Avstriya prokuraturasi Rossiya biatlon terma jamoasi a'zolariga nisbatan surishtiruv ishlarini olib bormoqda
09:10 / 29.08.2018